

Yanvardan portugaliyalik boshqa jamoalar bilan dastlabki muzokaralarni olib borishi mumkin bo'ladi.
"Bernarduga eng yaxshi tilaklarni tilayman. Agar u qolishga qaror qilsa, men faqat xursand bo'laman. Lekin hozircha bu haqda to'g'ridan-to'g'ri gaplashmadik. U to'qqiz yildan buyon klubda va kelajagi borasida qarorni klub bilan birga qabul qiladi”, - dedi Gvardiola.
Bernardu Silva "Manchester Siti" safida 2017 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda va shu vaqt ichida 6 marta Angliya chempioni bo'lgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 32 mln evroni tashkil etadi.



