Gvardiola shaxsiy rekordini takrorladi

“Manchester Siti” kecha Angliya liga kubogi yarim finalida “Berton”ni 9:0 hisobida tor-mor qildi.

Gvardiola bu orqali o'z murabbiylik faoliyatidagi eng yirik hisobdagi g'alaba bo'yicha o'rnatgan shaxsiy rekordini takrorladi. Pep “Barselona” bilan 2011 yil 23 dekabrida “Ospitalet” klubini 9:0 hisobida enggandi.

Ma'lumot uchun, Gvardiola “Siti”ga 2016 yildan beri bosh murabbiylik qilib kelmoqda.


Manba: Opta