Gvardiola PSJ futbolchisini "nishonga olgan"

Mirjalol Normatov
7 mar 2025
Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Manchester Siti" tarkibida o'zgarishlar salmoqli bo'lishi kutilmoqda.

"TodoFichajes" ma'lumotiga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasi tarkibida PSJ yetakchisi Joau Neveshni ko'rmoqchi. Bu transferning amalga oshishi bir qancha faktorlarga bog'liq: ilk navbatda 20 yoshli futbolchi rejalarida jamoasini almashtirish ham bo'lishi kerak.

"Manchester Siti" Neveshga oldinroq ham qiziqish bildirgan, biroq 2024 yili u "Benfika"dan PSJga o'tgandi. Hozirda uning transfer summmasi 60 mln evroga baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TodoFichajes