Gvardiola: "Olti nafar raqib qo'riqlab yursa, Xoland nima qilsin?"

Omonjon To`xtamirzayev
19 sen 2024
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Inter"ga qarshi YCHL 1-turi doirasidagi uchrashuvdan (0:0) keyin Erling Xolandning o'yini haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uning atrofida olti nafar raqib bor edi. Oltita (!). Uch nafari ortidan, yana uchtasi oldidan qo'riqlashdi. Ular shu yo'l bilan Xolandni to'xtatishni uddalashdi.

Bunday qarshilik istalgan futbolchiga qiyinchilik tug'diradi. [Franchesko] Acherbi, [Alessandro] Bastoni undan uzog'i besh metrda yurishdi, [Xakan] Chalxanoglu, [Pyotr] Zelinski uning oldida. Bu oson emas.

Biz yuzaga kelgan bo'shliqdan foydalanishg urindik, shu sababli [Ilkaya] Gyundoganda bir nechta vaziyat bo'ldi, ammo "Inter" jismonan bizdan ustunlik qildi. Biz Erlingning atrofiga ko'proq futbolchilarimizni joylashtirishimiz zarur edi va buni amalga oshirdik. "Inter" shunday himoyalanishini taxmin qilgandim"


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Yahoo.com