Gvardiola: "Meni "Oltin to'p" qiziqtirmaydi, umuman..."

Narzulla Saydullayev
25 okt 2024
"Manchester Siti" bosh murabbyi Pep Gvardiola "Oltin to'p" haqida gapirdi.

Balki, futbolchilar bu haqda o'ylashar, ammo meni "Oltin to'p" qiziqtirmaydi, umuman. Eng muhimi – Xoland baxtli va xursand.

Unga qiyinligini bilaman, raqiblar 3 nafar markaziy himoyachi, 2 nafar tayanch yarim himoyachilari, bazida qanot himoyachilari bilan himoyalanishadi.

Har bir to'p uzatilgan paytda himoyachilar Erlingni ushlab olishadi. Bu haqda ko'p gaplashganmiz va baribir to'p unga yetib borishini bilamiz.

"Sparta"ga qarshi bahsda u ikkita gol urdi, yana bitta bosh bilan yaxshi zarba berdi", - dedi Gvardiola.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: manchestereveningnews.co.uk