

Qanchadan qancha TOP himoyachilar Husanovdek xatolarga yo'l qo'yadi. Men Chelsiga qarshi uchrashuvdagi xato uchun Husanovni ayblamoqchi emasman.
Men uni na jamoadoshlari oldida, na shaxsan o'zini tanqid qildim. U atigi 1 marta mashg'ulot o'tkazib, Chelsiga qarshi o'ynadi. Yangi jamoada, boshqa tilda suhbatlashiladigan mamlakatda.Bunday sharoitda men ham APLda debyut qilsam, menga yordam berishlarini istardim.
Hozirda Husanov bilan barchasi joyida. U mashg'ulotlarda ajoyib tarzda ishladi. U bor e'tiborini ishga qaratgan. Barchasi joyida, - deb fikr bildirdi Gvardiola.



