

Ispan mutaxassisining so'zlariga ko'ra, nemis jamoasi himoyada ishonchli o'yin ko'rsatishi kerak.
"Biz birinchi toifali jamoa bilan kurashamiz, ularning barcha futbolchilari juda kuchli. Biz butun jamoa bo'lib himoyalanishimiz kerak, aks holda muammolarga duch kelamiz. O'tgan yili bizning maydonda nimalar bo'lgani hali ham yodimda, bu biz uchun dars bo'lishi lozim" - deydi Gvardiola.



