

"Issiqlik - bu haqiqat. Biz bunga ta’sir o'tkaza olmaymiz, to'g'rimi? Shu bois Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium"dagi oxirgi o'yindagi kabi sharoitda o'ynagan afzal. U erda hammasi ajoyib edi! Ammo barcha jamoalar bunga moslashishi kerak bo'ladi. Hammasi shunday, qanday bo'lsa - shunday. Kelasi jahon chempionatiga kelib odamlar bu muammo haqida avvaldan biladi. Ammo, ha, biz azoblanishga tayyor bo'lishimiz kerak", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi BBC.
Ma'lumot uchun, prognozlarga ko'ra, Orlando shahridagi "Kemping Uorld" stadionida bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" -"Yuventus" uchrashuvi vaqtida havo harorati 33°C gacha ko'tarilishi mumkin.



