Gvardiola Diego Kostaning "Manchester Siti"ga transferini taqiqlab qo'ydi

Alisher
2 fev 2021, 15:18
Erkin agent maqomida yurgan forvard Diego Kosta APLga qaytishi mumkin edi.

32 yoshli o'yinchining xizmatlari "Manchester Siti"ga taklif etilgan edi, ammo "shaharliklar" bosh murabbiyi futbolchi bilan shartnoma imzolashni xohlamadi.

Eslatib o'tamiz, Kosta Angliya chempionatida 2014-2017 yillar davomida Londonning "Chelsi" klubida o'ynagan.

Tajribali hujumchi joriy mavsum Ispaniya La Ligasi doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail