

Mutaxassis texnologiyalar rivojlangan davrda odamlar hali ham urush qilayotganidan afsusda ekanligini bildirdi.
"Hozir bizda misli ko'rilmagan texnologik yutuqlar bor, insoniyat ilgari hech qachon bo'lmagan ulkan imkoniyatlarga ega. Biz Oyga uchib bora olamiz, hamma narsaga qodirmiz, lekin baribir bir-birimizni o'ldirishda davom etyapmiz. Nima uchun? Bundan maqsad nima? Men turli lavhalarni ko'rib, bundan juda qattiq og'riq his qilyapman", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, Pep bundan avval ham bir necha bor tinchlik targ'ibotchisi sifatida bayonotlar bergan edi.



