Gvardiola "Barselona" shifokori Prunani "Manchester Siti"ga taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2016, 10:40
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" shifokori Rikard Pruna xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Gvardiola bu mutaxassisning bilimi va tajribasini juda qadrlaydi va u ingliz klubida tibbiy xizmatni boshqarishini istaydi. "Manchester Siti"dagilar Prunana Angliyaga ko'chib o'tishga ko'ndirishmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gvardiola "Bavariya"dagi muammolardan so'ng, "Manchester Siti" tibbiy xizmatida bu takrorlanmasligini xohlamoqda. Ispaniyalik mutaxassis nemis grandida bir necha marotaba shifokorlarning ishidan qoniqmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser