Gvardiola "Barselona" futbolchisi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2017, 11:10
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gvardiola 33 yoshli futbolchini ingliz klubiga o'tishga ko'ndirish uchun bog'langan.

Inesta va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2018 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchiga kelishuvni bir yilga uzaytirish taklifi berildi, ammo u hozircha qaror qabul qilgani yo'q.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metro