Gvardiola - APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi

Sherzod Nurmatov
13 mar 2026
"Manchester Siti" murabbiyi 2021 yilning dekabridan beri ilk bor sovrinni qo'lga kiritdi.

U fevral oyini mag'lubiyatsiz o'tkazdi. Bu uning so'nggi to'rt yildan ortiq vaqt ichidagi ilk g'alabasi bo'ldi.

Pep Gvardiola eng yaxshi murabbiy uchun beriladigan sovrinni 12-marta qo'lga kiritib, bu ko'rsatkich bo'yicha ser Aleks Fergyuson (27) va Arsen Vengerdan (15) keyin uchinchi o'rinni egalladi. "Shaharliklar" ustozi "Everton" murabbiyi Devid Moyesdan (11) bittaga oldinlab ketdi.

Oyni "Tottenxem"ga qarshi durang bilan boshlagan Gvardiola fevral oyida "Manchester Siti"ni ligada eng yuqori - 13 ochko jamg'arishga olib keldi. Bu "Liverpul", "Fulxem", "Nyukasl" va "Lids Yunayted"ga qarshi g'alabalar evaziga amalga oshdi.

G'oliblik uchun ispaniyalik mutaxassisdan tashqari Kit Endryus ("Brentford"), Maykl Kerrik ("Manchester Yunayted") va Arne Slot ("Liverpul") kurash olib borgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com