Gvardiola: "Agar faqat Xolandga ishonib qolsak, YCHLni yuta olmaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
6 sen 2022
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Erling Xoland haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Sovrin yuta olishimizga doim ishonaman. Ammo agar faqat Erlingga ishonib qoladigan bo'lsak, biz Chempionlar ligasida g'alaba qozona olmaymiz. Yaxshi o'ynab, vaziyatlar yaratsak, unga gollar urishga yordam bersak, umid qilamanki musobaqada g'olib chiqa olamiz. 

Xoland bizda hujumchilar ko'p bo'lmagani uchun jamoamizga kelib qo'yshildi. Va u bizning uslubimizga mos tusha oladi. 

Xolandning alohida sifatlari bor, u muhim o'yinlarda muammoni hal qila olishi mumkin. Ammo biz yaxshi o'ynay olmasak, Chempionlar ligasini ham, APLni ham yuta olmaymiz", - dedi Gvardiola. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports