Gvardiol APL klubiga o'tishga yaqin

Eldor Akmurzayev
6 sen 2020
“Dinamo” (Zagreb) himoyachisi Yoshko Gvardiol faoliyatini “Lids”da davom ettirishga yaqin.

“Oqlar” 18 yoshli futbolchining transferiga 18 mln evro sarflashga tayyor.

Gvardiol yosh bo'lishiga qaramay o'zini kattalar darajasida ko'rsata oldi va “Lids” skautlari Yoshkoni Yevropaning eng iqtidorli yosh himoyachilaridan biri deb hisoblashmoqda.

Daily Star manbasiga ko'ra, APL debyutanti zagrebliklar bilan kelishib olgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Star