G'uzorda “Keksalarni ezozlash yili”ga bag'ishlab futbol turniri o'tkazilmoqda

Narzulla Saydullayev
25 avg 2015
2015 yil ”Keksalarni ezozlash yili” va mustaqilligimizning 24-yilligi munosabati bilan Qashqadaryo Futbol Federatsiyasi G'uzor tuman bo'limi, tumandagi havaskor jamoalar o'rtasida futbol turniri o'tkazmoqda.

Musobaqada mahallalar, tashkilotlar va korxonalardan tashrif buyurgan 14ta havaskor jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqa uchrashuvlari ikki guruhga bo'lingan holda o'tkazilmoqda. Turnir nizomiga ko'ra, guruxda ko'p ochko jamg'argan ikki jamoa, qur'a tashlash yo'li bilan, keyingi guruhda xuddi shunday ikki jamoa bilan yarim final va final bahslari uchun kurash olib borishadi.

Musobaqaning g'olib va sovrindorlariga Federatsiya tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan topshiriladi.

Faxriddin CHORIEV


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz