Gullit: "Zidan "Real"ni vaqtida tark etib, to'g'ri ish qilgan"

Aslanov Jasurbek
6 mar 2019
"Chelsi" sobiq bosh murabbiyi Rud Gullit "Real"ning Chempionlar ligasi 1/8 finalida uchragan mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

1/8 finalning javob o'yinida "Ayaks" "Qirollik klubi"ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.

"Zidan "Real"ni vaqtida tark etib, to'g'ri ish qildi. O'sha paytda Krishtianu Ronaldu ham boshqa klubga o'tdi. Uning o'rniga kim kelmasin, o'sha mutaxassis bo'yniga og'ir mas'uliyat tushadi. Ronalduning ketishi - bu minus 50ta gol degani" - deydi Gullit.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: beIN Sports