Guljigit Alikulov - O'mon bilan o'yin, "Qayrat" va Jaloliddinov haqida

Iskandarov Abdulaziz
3 sen 2025
Qirg'iziston terma jamoasi "CAFA Nations Cup-2025" 2-turi doirasida O'mon bilan to'qnash keldi (1:2).

- O'mon bilan o'yin qanday taassurot qoldirdi? 

- Qiyin o'yin bo'ldi. Raqib standart vaziyatdan foydalanib ketdi. Hakam vaziyatga to'g'ri baho berishi kerak edi. Qolaversa, omad biz tomonda bo'lmadi. 

- Keyingi o'yin O'zbekistonga qarshi...

- Guruhimizdagi eng kuchli raqib. Biz uchun final hisoblanadi. G'alaba uchun maydonga tushamiz. 

- "Qayrat" jamoasida o'ynagansiz. Ulardan YCHLda nima kutyapsiz?

- "Qayrat" YCHLga yo'llanma olganidan xursandman. Muxlislarni tabriklayman. "Qayrat" xarakterga ega jamoa, shunday ekan faqat munosib ishtirok kutyapman. Omad tilayman. 

- Jasur Jaloliddinov bilan gaplashib turasizmi? 

- Jasur texnik jihatdan kuchli futbolchi va yaxshi inson. Umid qilamanki, u tez orada terma jamoaga chaqiriladi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Chempionat.asia