

Bundan tashqari, 67 yoshli shvetsiyalik murabbiy Yevropa chempionatidan so'ng o'z lavozimini tark etishini ma'lum qildi.
Yakuniy tarkibdan Meldening 37 yoshli hujumchisi Eydur Gudonsen va Krasnodar himoyachisi Ragnar Sigurdsson o'rin oldi.
Darvozabon: Xannes Xaldersson (Bude-Glimt), Ogmundur Kristinsson (Xammarbyu), Ingvar Yonsson (Sandeford);
Himoyachilar: Birkir Sevarsson (Xammarbyu), Ragnar Sigurdsson (Krasnodar), Kari Arnason (Malme), Ari Skulason (Odense), Xaukur Xauksson (AIK), Sverrir Ingason (Lokeren), Xerdyur Magnusson (Chezena), Xertyur Xermannsson (Geteborg);
Yarim himoyachilar: Aron Gunnarsson (Kardiff), Emil Xallfredsson (Udineze), Birkir Byarnason (Bazel), Yoxann Berg Gudmundsson (Charlton), Gilfi Sigurdsson (Suonsi), Elmar Byarnason (Orxus), Runar Siguryonsson (Sundsvall), Adnor Traustason (Norcheping);
Hujumchilar: Eydur Gudonsen (Melde), Kolbeynn Sigtorsson (Nant), Alfred Finnbogason (Augsburg), Yon Bedvarsson (Kayzerslautern).
Eslatib o'tamiz, Islandiya guruhda Avstriya, Vengriya va Portugaliyaga qarshi o'ynaydi.



