Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
19 yanv 2022
Namanganning "Navbahor" jamoasi hali selekciya ishlarini tugatgani yo'q.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Navbahor" serbiyalik hujumchi Zoran Marushich bilan kelishgan.

Zoran Marushich 2021 yilda "Dinamo" (Tbilisi) safida Gruziya chempionatida 16ta gol urgan holda mavsum to'purari bo'ldi. Bundan tashqari u Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Marushich chempionat ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldi.

1993 yilda tug'ilgan futbolchi bungacha "Sloga", "Vojdovac", "Borcha", "Temnich", "Sloboda" (hammasi Serbiya), "Slaviya", "Krupa" (ikkalasi Bosniya va Gertsegovina), "Dnyapro" va "Neman" (ikkalasi Belarus) kabi klublarda o'ynagan.

Ma'lumot uchun, Marushichning transfermarkt portalidagi narxi 450 ming evroga teng.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia