Grizmann va Ronaldu Oltin to'p topshirish marosimiga bormaydi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2018
Yuventus hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Atletiko hujumchisi Antuan Grizmann Oltin to'p topshirish marosimiga bormaydi.

Bu haqda jurnalist Alessandro Alchato ma'lum qildi.

Oldinroq Onda Cero radiosi bu yilgi sovrin Real yarim himoyachisi Luka Modrichga topshirilishi haqida xabar tarqatgan edi.

Eslatib o'tamiz, Oltin to'p topshirish marosimi 3 dekabr kuni Parij shahrida bo'lib o'tadi. Marosim dushanbadan seshanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/AAlciato