"Grizmann-Saul" ishi amalga oshmasa, "Barselona" "Lill" futbolchisini ijaraga oladi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 14:25
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Agarda "Barselona" va "Atletiko" klublari Antuan Grizmann hamda Saulni almashtirish ishlarini uddalay olmasa, aynan portugaliyalik orqali jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

"Barselona" aloqaga chiqqan taqdirda Sansheshning agenti Jorje Mendesh ushbu ijara ishlarini olib boradi.

Sanshesh o'tgan mavsumda "Lill" tarkibida Fransiya chempioni bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As