Grizmann "Atletiko" tarixidagi ushbu natijaga erishgan ilk futbolchiga aylandi

Khoja
1 okt 2025
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann klub tarixida 200 ta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi, deb xabar berdi klub rasmiy sayti.

Voqea Chempionlar ligasining ikkinchi turida Frankfurtning “Ayntraxt”iga (5:1) qarshi o'yinda bo'lib o'tdi. Fransiyalik forvard 45-daqiqada muhim golni urdi. Shu tariqa, Grizmann Madrid klubi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Grizmann ushbu natijaga erishishi uchun Madrid jamoasi safida jami 454 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Shuningdek, fransiyalik futbolchining hisobida 93 ta golli uzatma ham bor.


KhojaMuallif
Manba: sports.ru