Grizmann: "Atletiko" Chempionlar ligasi finaliga chiqa olishiga ishonaman"
Aslanov Jasurbek
16 apr 2015, 10:44
"Atletiko" yarim himoyachisi Antuan Grizmann o'z jamoasining Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga shubha qilmaydi.
""Atletiko"ga kelgan yangi futbolchilar jamoaga ko'nikish uchun barcha ishni qilishdi. Bosh murabbiy Diego Simeone mashg'ulot va o'yinlarda juda talabchan. "Atletiko" bunday o'yini bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqa oladi" - deydi Grizmann.