Grinvud, Markos Alonso, Antonio, Dayer - APLning avgustdagi eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun davogarlar

Alisher
2 sen 2021
APL avgust oyida liganing eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Ro'yxatdan Markos Alonso (Chelsi, 3ta o'yinda 1ta gol), Mikail Antonio (Vest Xem, 3ta o'yinda 4ta gol va 3ta assist), Said Benraxma (Vest Xem, 3ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist), Erik Dayer (Tottenxem, 3ta o'yinda "quruq seriya"), Demerey Grey (Lester, 3ta o'yinda 2ta gol) va Meyson Grinvud (Manchester Yunayted, 3ta o'yinda 3ta gol) o'rin oldi.

Eng yaxshi o'yinchisi muxlislar va ekspertlar hamkorligida ovoz berish orqali aniqlanadi.


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com