Gretsiya rahbarlari milliy chempionatni davom ettirishga ruhsat berdi, ammo muxlislarsiz

Aslanov Jasurbek
5 mar 2015
Gretsiya sport vaziri Stavros Kontonis Gretsiya Superligasi prezidenti Giorgos Borovilosning mamlakat chempionatini davom ettirish borasidagi savoliga ijobiy javob qaytardi.

"Davlatning qarori shunday, dam olshi kunlari o'yinlar bo'ladi, ammo muxlislarsiz. Bu turdan so'ng ishqibozlar borasida yana bosh qotirib ko'ramiz" - deydi Kontonis.

Eslatib o'tamiz, grek rahbariyati bu mavsumda uchinchi bor chempionat o'yinlarini to'xtatib qo'ydi. Bunga sabab, 22 fevral kuni "Panatinaikos" va "Olimpiakos" uchrashuvida muxlislar otgan mushak futbolchilarning biriga tekkan. Bundan tashqari, ishqibozlar tribunadagi o'rindiqlarni "Olimpiakos" murabbiy Vitor Pereyra tomon uloqtirishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com