Grand klublar nishonidagi futbolchi "Bolonya"ga o'tdi

"Kevo" yarim himoyachisi Emanuel Vinyato "Bolonya" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

Takidlanishicha, 19 yoshli futbolchi joriy mavsum yakuniga qadar "Kevo"da (ijara asosida) qoladi va yozda "Bolonya" bilan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Avvalroq Vinyatoga Yevropaning bir qator yetakchi jamoalari, jumladan, "Bavariya" va "Chelsi" qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. 

Ma'lumot uchun, mazkur futbolchi Italiya va Braziliya fuqaroligiga ega. U allaqachon ikkala mamlakat o'smirlar terma jamoasi uchun o'yinlarda maydonga tushishga ulgurgan.


Manba: Football Italia