Gorka Iraisos - Messi va Ronalduning penaltisini qaytargan ikkinchi darvozabon
Narzulla Saydullayev
24 avg 2015
"Atletik" klubi darvozaboni Gorka Iraisos kecha Lionel Messi tomonidan amalga oshirilgan penaltini qaytarishga erishdi.
Shu tariqa, posbon Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu tomonidan amalga oshirilgan 11 metrli jarima zarbalarini qaytargan ikkinchi darvozabonga aylandi. Oldinroq bunday natijaga "Valensiya" darvozaboni Diego Alves erishgan edi.