Gorecka "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
16 sen 2021
Yarim himoyachi Leon Gorecka "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

26 yoshli germaniyalik futbolchi yuqorilangan maosh bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarda yakuniy nuqtada.

Gorecka joriy mavsum 6ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira