Goran Pandev futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi

Iskandarov Abdulaziz
22 sen 2022
Shimoliy Makedoniya futboli uchun og'riqli xabar.

39 yoshli mashhur to'purar Goran Pandev instagram orqali butsalarini mixga ilganini ma'lum qildi. Futbolchi yordam uchun oilasi, sobiq hamkorlari va o'zi o'ynagan klublarga minnatdorchilik bildirdi. 

Pandev 22 yillik faoliyati davomida "Inter", "Napoli", "Latcio", "La Speciya", "Jenoa", "Parma", "Galatasaroy" klublarida to'p tepgan. Uning hisobida A Seriyada jami 493ta o'yin va 101 ta gol bor. 

Klub miqyosida hujumchi 2010 yilda "Inter" bilan treblga erishgan. Shuningdek, "Lacio" va "Napoli" bilan ikki marotaba Italiya Kubogida zafar quchgan. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia