Gonsalo Iguain: Biz o'tgan mavsum finalchisini mag'lub etdik

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013
Napoli hujumchisi Gonsalo Iguain YCHL 1-turidan o'rin olgan Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yindan (2:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Biz o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finaliga chiqqan va hozir bundesligada peshqadam bo'lib turgan klubni mag'lub etib juda muhim g'alabaga erishdik.

Gollar A seriyada ham, Chempionlar ligasida ham muhim, katta farq yo'q. Asosiysi g'alaba qozonish, Insine gol urganidan so'ng o'yinni boshqarishga u qadar qiynalmadik.

Umid qilamanki, ajoyib jamoa va qoyilmaqom murabbiy bilan birga huddi shu ruhda davom etamiz, – deydi argentinalik futbolchi Football Italia nashriga. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru