Golovin: "Yuventus" menga qiziqish bildirayotganidan mamnunman"

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018
OAV bilan suhbatda Rossiya termasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin "Yuventus"dan bo'layotgan qiziqishlar haqida gapirdi.

"Ayni damda bosh e'tiborimni terma jamoa bilan jahon chempionatida qatnashishga qaratganman. "Yuventus" menga qiziqish bildirayotganidan mamnunman. Biroq hozirda men uchun termaning manfaati ustunroq", - dedi Golovin.

Bugun Golovin "Yuventus" bilan kelishib olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru