Golovin – so'nggi 9 yilda top-5 ligalarda xet-trik qayd etgan 1-rossiyalik

8 fev 2021, 01:19
"Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovin "Nim" (4:3) bilan o'yinda 3 ta gol urdi.

Bu rossiyalik futbolchilar tomonidan oxirgi 9 yilda Yevropaning top-5 ligalarida qayd etilgan birinchi xet-trik hisoblanadi. So'nggi bor bunday natijaga "Fulxem" hujumchisi Pavel Pogrebnyak erishgan edi. U 2012 yilning 4 mart kuni "Vulverxempton" (5:0) darvozasiga 3 bor yo'l topishni uddalagan.

Golovinga qadar "Monako" futbolchilari orasidan Fransiya chempionati 3 ta gol urgan so'nggi futbolchi Radamel Falkao (2017) bo'lib turgan edi.


Manba: