Goal.com: "Errera haftasiga 350 ming funt maoshga MYUda qolgan bo'lardi"

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2019
"Manchester Yunayted" klubi yaqindagina erkin agent sifatida PSJ a'zosiga aylangan Ander Errerani jamoada saqlab qolishi mumkin edi.

29 yoshli ispan mankunianliklardan maoshini taxminan yiliga 18 million funt (350 ming haftasiga)ga oshirishni so'ragan.

U Aleksis Sanches (haftasiga 390 ming funt)dan keyin ikkinchi eng ko'p maosh oladigan futbolchi bo'lmoqchi edi. Lekin, "qizil iblislar" Erreraga rad javobini berishdi.


Yarim himoyachi "Old Trafford"da haftasiga 80 ming maosh olgan. PSJ esa u talab qilgan pulni berishga rozi bo'ldi va 5 yillik shartnomaga imzo chekildi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com