Goal APLning barcha davrlardagi eng yaxshi hujumchisini e'lon qildi

Khoja
16 sen 2025
Goal portali APLning barcha davrlardagi eng yaxshi hujumchilar reytingini e'lon qildi.

Reytingning birinchi o'rnidan "Arsenal" afsonasi Terri Anri joy oldi. Fransiyalik hujumchi APLda jami 258 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 175 ta gol va 73 ta assist bor.

Anridan keying o'rindan Xarri Keyn joy olgan. Angliyalik hujumchi "Tottenxem" safida APLda jami 213 ta gol urishga erishgan. Kuchli uchlikni esa misrlik hujumchi Muhammad Saloh yakunlab bergan.

Saloh hozirgacha APLda 305 ta uchrashuvda maydonga tushib, 188 ta gol urgan va yana 89 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: Goal.com