Gnabri Klozening rekordini yangiladi

Germaniya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahsda (6:0) g'alaba qozondi.

"Bavariya" yarim himoyachisi Serj Gnabri ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Terma jamoa safida urilgan bundan oldingi xet-trik 2017 yilning 10 iyunida Sandro Vagner hisobiga yozilgandi (San-Marino darvozasiga). 

Takidlash joizki, terma jamoa libosida 13-uchrashuvini o'tkazgan Gnabri 13 gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bungacha eng yaxshi natija Miroslav Klozega tegishli bo'lib, "Granda Miro" o'zining dastlabki 13 bahsida 11 golning muallifiga aylangan edi.



Manba: sports.ru