“Globe Soccer Awards-2020”. Barcha nominaciyalar bo'yicha g'oliblar bilan tanishing

Eldor Akmurzayev
27 dek 2020
Dubayda 10-marotaba tashkil qilingan “Globe Soccer Awards" taqdimot marosimi o'z yakuniga etdi.

Unda quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi:

Yil murabbiyi – Xans Diter-Flik (“Bavariya”)

Qolgan nomzodlar: Jan-Pero Gasperini ("Atalanta") va Yurgen Klopp ("Liverpul)

XXI asrning eng yaxshi murabbiyi – Pep Gvardiola (“Man Siti”)

Qolgan nomzodlar: Joze Mourinyu (“Tottenxem”), Ser Aleks Fergyuson va Zinedin Zidan (“Real”)

Yilning eng yaxshi klubi – “Bavariya”

Qolgan nomzodlar: “Liverpul” va “Real”

XXI asrning eng yaxshi klubi – “Real”

Qolgan nomzodlar: “Al Ahli” (Misr), “Barselona” va “Bavariya”

Faoliyatida erishgan yutuqlari uchun maxsus mukofotga Iker Kasilyas va Jerar Pike (“Barselona”) loyiq ko'rildi

XXI asrning eng yaxshi agenti – Jorje Mendesh (mijozlari: Krishtianu Ronaldu, David De Xea, Joze Mourinyu va boshqalar)

Qolgan nomzodlar: Mino Rayola, Jovanni Branchini

O'rta Sharqning eng yaxshi klubi – “Al Ahli” (Misr)

Yil futbolchisi – Robert Levandovski ("Bavariya")

Qolgan nomzodlar: Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) va Lionel Messi (“Barselona”)

XXI asrning eng yaxshi futbolchisi – Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")

Qolgan nomzodlar: Ronaldinyo, Lionel Messi ("Barselona") va Muhammad Saloh ("Liverpul") 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia

O'xshash yangiliklar