Estudiantes va Boka Xuniors o'rtasidagi uchrashuv baxtsiz hodisa sababli 1-bo'limning yarimidan so'ng to'xtatildi

Khoja
18 mar 2024
Argentina chempionati doirasidagi Estudiantes – Boka Xuniors o'yini futbolchining maydonda xushidan kyetib qolishi tufayli to'xtatildi, deb xabar beradi Ge.Globo.

Manbaning ma'lum qilishicha, mezbonlar futbolchisi Xaver Altamirano 26-daqiqada xushidan ayrilib, maydonga yiqilgan. Futbolchini tez yordam mashinasida shifoxonaga olib borilgan. Keyinroq Estudiantes matbuot xizmati futbolchining ahvoli yaxshilangani haqida xabar berdi.

Ushbu voqeadan so'ng jamoalar kiyim alishtirish xonasiga kirib ketishdi va uchrashuvni yakunlamaslikka qaror qilishdi.


KhojaMuallif
Manba: Ge.Globo