Gjegoj Krixovyak Osiyo klubiga o'tishi mumkin

Alisher
6 iyul 2022
"Krasnodar" yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak yozda jamoadan ketishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 32 yoshli polyak bilan "Al Shabab" muzokaralar olib bormoqda. 

Saudiya Arabistoni klubi allaqachon o'z taklifini berib bo'ldi, endilikda qarorni futbolchi qabul qilishi qoldi.

Eslatib o'tamiz, "Krasnodar"ga 2021 yilning avgustida o'tgan futbolchi 2021/22 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Rossiya klubi bilan shartnomasini to'xtatgan holda, Gretsiyaning AEK jamoasida o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano