G'iyos Komilov: "Buxoro" bilan bahs derbi bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
17 noya 2016
Oliy liganing 29-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Buxoro" uchrashuvidan oldin mezbonlar vakili G'iyos Komilov o'z fikrlarini bildirdi.
“Buxoro” bilan o'yin o'z maydonimizda o'ynaymiz. Bu bahs o'ziga xos derbi desak ham bo'ladi. Raqibimiz bronza uchun kurashmoqda. Biz esa mavsumni 8-o'rinda tugatishni istaymiz. Rahbarlar ham oxirgi ikki uchrashuvda faqat g'alaba qozonish kerakligini aytishmoqda. Shu bois “Mashal” “Buxoro”ga osongina taslim bo'lmaydi”, - deydi G'iyos Komilov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia