Giorgos Donis: "Nosir Al Shamroni Toshkentga kelgan"

Narzulla Saydullayev
20 apr 2015, 12:02
OCHL 5-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Al Hilol" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Giorgos Donis qatnashdi.
Unga jamoaning 17-raqamli futbolchi Abdulloh Al Hafiz hamrohlik qildi.

"Mehmondorchilik uchun rahmat. OCHLdagi har bir o'yin muhim hisoblanadi. O'tgan yil jamoa musobaqaning finaliga qadar yetib borgandi. Bu yil ham kamida finalga chiqishga intilamiz. 2 oy oldin "Lokomotiv" u qadar yaxshi sport formasida emas edi. Ayni paytda esa jamoa kuchaygan va bizga qarshi jiddiy tayyorlanganini bilamiz", - deydi Donis.

"Lokomotiv" jamoasini hurmat qilamiz. O'tgan o'yinlardan kelib chiqqan holda ertaga murakkab bahs bo'lishini kutayapmiz. Toshkentdan uch ochko olib kyetishga harakat qilamiz", - deydi Al Hafiz.

- Jamoa tarkibida jarohatlangan va diskvalifikaciya qilingan futbolchilar bormi?
- Albatta muammolarimiz bor. Ammo barchasi mashg'ulotlar vaqtida ma'lum bo'ladi. 19 kun ichida 6ta o'yin o'tkazdik. Jamoa ham ruhan, ham jismonan charchagan.

- Nosir Al Shamroni Toshkentga kelganmi va ertaga maydonga tushadimi?
- Al Shamroni O'zbekistonga keldi. Uning maydonga tushish tushmaslik taqdiri ma'lum emas. Bugun kechgacha OFKdan javob keladi, agar unga ruhsat berishsa ertaga maydonga tushishi mumkin.

- Shamroni bir nechta o'yinga diskvalifikaciya qilingan edi. "Fulad"ga qarshi o'ynadi, endi esa uning ishi yana ko'rib chiqilmoqda. Bunga sabab nima?

- To'g'ri uning vaziyati ancha murakkab. Unga "Fulad"ga qarshi o'yinda ishtirok etishga ruhsat berishgandi. "Lokomotiv"ga qarshi bahs uchun ham ruhsat berishlarini so'radik, uning o'zi ham maydonga tushmoqchi.

- O'tgan yil siz Yevropa chempionlar ligasida ishladingiz. Guruh bosqichida "Barselona", PSJ va "Ayaks" kabi klublarga qarshi jamoaingizni boshlab tushdingiz. OCHL va YCHLning farqi qanchalik?

- Ikki qitaning eng nufuzli musobaqasida ishladim. Ularni taqqoslash qiyin. Yevropaning ustun tomoni stadionlar va yaratilgan sharoitlar. U yerda dunyoning eng kuchli futbolchilari ishtirok etadi. Osiyoda ham kuchli o'yinlar bo'lib o'tmoqda. Bu yerda o'ynayotganlar o'z o'yinlari orqali Yevropaga yo'l olishni istashadi.

- "Lokomotiv" safida qaysi futbolchidan xavf kutayapsiz?

Al Hafiz: - Raqib safida barcha futbolchini kuchli deb bilaman. Bitta yoki ikkita futbolchini alohida ayta olmayman. Lekin tarkibda kuchli ijrochilar etarli.


Narzulla Saydullaev




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia