Gilerme: "Rossiya terma jamoasi - katta iqtidorga ega jamoa, biroq unga tajriba kerak"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2017, 20:47
Rossiya terma jamoasi posboni Marinato Gilerme milliy jamoaning istiqboli haqida fikr bildirdi.

"Rossiya terma jamoasi Evro-2016da juda yomon ishtirok etdi, 3 ta uchrashuvda 1 ochko to'pladi. Ammo o'shandan so'ng sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Ko'plab yangi futbolchilar paydo bo'ldi, jamoa yoshardi.

Konfederatsiyalar Kubogi biz uchun katta imtixon bo'ladi, ammo natija emas, balki tajriba va JCH-2018ga tayyorgarlik muhim. Bizda katta iqtidorga ega jamoa bor, biroq unga tajriba kerak" - deydi Gilerme.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Globo