Giggz: “O'sha qariyalar MYU libosida umumiy 2000tadan ortiq o'yin o'tkazgan, shunday ekan fikr bildirishga haqlimiz”

Aslanov Jasurbek
20 mar 2019
MYUning sobiq sardori Rayan Giggz shvetsiyalik forvard Zlatan Ibragimovichning so'zlariga javob qaytardi.

“Yunayted libosida 2000tadan ziyodroq uchrashuvda maydonga tushganimizdan so'ng, fikr bildirishga haqlimiz deb hisoblayman. Qarashlarimiz bazida salbiy, bazida esa ijobiy bo'lishi mumkin. Lekin, bu jamoaning natijalariga ta’sir qiladi deb hisoblamayman. Biz TV va radioda faoliyat olib borayotgan klubning sobiq a'zolari kabi “qizil iblislar”ning muxlisimiz. Bu futbol va unda turli xil dunyoqarashlar bo'lishi tabiiy. Biroq, Zlatan MYU to'g'risida bizdan ko'ra yaxshiroq biladi.” – deydi 1990-2014-yillari “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan yarimhimoyachi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports