

Bu haqda klub ofisiga Turkmaniston futbol federatsiyasi bosh kotibi vazifasini bajaruvchi R.Kemdjaev nomidan chaqiruv xati keldi.
Turkmanistonlik futbolchilar JCH-2018 saralashi doirasida 8 va 13 oktyabr kunlari Hindiston hamda Guam terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Eslatib o'tamiz, yon qo'shnilarimiz to'p tepadigan guruhdan shuningdek, Eron va Oman terma jamoalari ham o'rin olishgan.



