Germaniyada erkaklar futbol jamoasiga ilk marotaba ayol bosh murabbiy tayinlandi

Оқил Абдубарноев
3 may 2024
Germaniya chempionati vakili "Ingolshtadt 04" jamoasi bosh murabbiy Mixail Kyollnerni iste'foga chiqardi.

Uchinchi divizion klubini mavsum oxiriga qadar U-19 jamoasi murabbiyi Sabrina Vittman boshqarib boradi. Bu lavozim uni nemis professional futbolidagi birinchi ayol bosh murabbiyga aylantiradi.

Muvaffaqiyatsiz natijalar ortidan klubdan ketkazilgan Kyollner 2023 yilning aprelidan beri jamoada ishlab kelayotgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t-online.de