Germaniyada chaqmoq urishi natijasida 15 nafar futbolchi jarohat oldi

Alisher
10 avg 2019
Germaniyaning janubida 15 futbolchi chaqmoq urishi natijasida shifoxonaga yotqizildi.

Rozenfeld-Xayligencimmern shahridagi Baden-Vyurtemberg nomli hududda chaqmoq urishi natijasida 15 futbolchi jarohat oldi.

Policiya vakillarining ma'lum qilishlaricha, juma kungi mashg'ulotlar paytida sport maydonchasini chaqmoq urgan.

Natijada 19 yoshdan 48 yoshgacha bo'lgan o'yinchilar engil jarohat olishgan. Futbolchilar kasalxonaga etkazilgan.

Shuningdek, "Sandxauzen" hamda "Borussiya" (Myunxengladbax") jamoalari o'rtasidagi o'yin ham kechiktirilgan. Sababi "Sandxauzen" stadioni yoritgichlari kuchli yomg'ir tufayli ishlamay qolgan.


AlisherMuallif
Manba: Merkur