

Bu voqea JCH-2026ning Paragvayga qarshi o'yinida sodir bo'ldi. O'yinning asosiy va qo'shimcha vaqtlari 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa paragvayliklar kuchliroq chiqishdi - 4:3.
Bundan oldin Germaniya terma jamoasi jahon chempionatlarida to'rt marta penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi:
1982 yilgi yarim final: Germaniya penaltilar seriyasida Fransiyani 5:4 hisobida mag'lub etgan.
1986 yilgi chorak final: Germaniya penaltilar seriyasida Meksikani 4:1 hisobida mag'lub etgan.
1990 yilgi yarim final: Germaniya penaltilar seriyasida Angliyani 4:3 hisobida mag'lub etgan.
2006 yilgi chorak final: Germaniya penaltilar seriyasida Argentinani 4:2 hisobida mag'lub etgan.
Shu tariqa, Paragvay terma jamoasi 1/8 final bosqichida Fransiya - Shvetsiya juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.



