Germaniya terma jamoasi futbolchilari jahon chempionligi uchun qanchadan mukofot olishadi?

Aslanov Jasurbek
13 dek 2017
Nemis futbol ittifoqi Germaniya terma jamoasining JCH-2018dagi mukofot puli miqdorini e'lon qildi.

Bu haqda tashkilot rasmiy sayti e'lon qildi.

Germaniya terma jamoasi futbolchilari guruh bosqichi va 1/8 final uchun mukofot puli olishmaydi.

Jamoa chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritsa, har bir futbolchi 75 ming evrodan mukofot puliga ega bo'ladi. Yarim final uchun 125 ming evro, uchinchi o'rin uchun 150 ming evro, ikkinchi o'rin uchun 200 ming evrodan to'lab beriladi. Agar Germaniya terma jaomasi mundial g'olibiga aylansa nemis futbol ittifoqi Rossiyaga yo'l olgan har bir o'yinchi hisob raqamiga 350 ming evro o'tkazib beradi.

Germaniya guruh bosqichida Meksika, Shvetsiya va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia