Germaniya Kubogining 1/2 final bahslari qachon o'tishi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
27 may 2020
Germaniya futbol ittifoqi kubokning yarim final bahslarini 9-10 iyun sanalariga belgiladi.

9 iyun kuni “Saarbryukken” o'z maydonida “Bayer” bilan to'qnash kelsa, ertasiga “Bavariya” Myunxenda “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Final uchrashuvi qachon o'tkazilishi esa keyinroq e'lon qilinadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/DFBPokal_EN