Germaniya Evro-2024ga mezbonlik qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2017
Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindelning ma'lum qilishicha, Germaniya 2024 yilgi Yevropa chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza beradi.

"2024 yildagi Yevropa chempionati butun nemis futboli uchun katta loyiha bo'lishi mumkin. Bizda Yevropa chempionatini o'tkazish uchun infratuzilma va texnologiya bor. Kuchli asoslarimiz bilan ularni ishontirib, 1988 yildan so'ng yana Yevropa chempionatini qabul qilamiz deb o'ylayman" - deydi Grindel.

Evro-2024 mezboni kelasi yil tanlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com